EYELINER By Beauty suvga chidamli suyuq ko'z podvodkasi — har qanday murakkablikdagi ideal grafik strelkalarni yaratish uchun eng kerakli go'zallik vositasidir. O'rnatilgan ingichka mo'yqalamga ega qulay flakon mahsulotni yengil va ishonchli harakat bilan surtish imkonini beradi, silliq hamda mayin chiziqlarni ta'minlaydi.
Maxsus o'ta chidamli formulasi tufayli podvodka qovoqda zumda fiksatsiya bo'ladi, terini tortishmaydi va 24 soatgacha o'z ko'rinishini yo'qotmay, nigoxingiz jozibasini saqlab qoladi.
Asosiy afzalliklari:
• To'yingan pigment: To'q ko'mir-qora rang nigohni maksimal darajada ifodali va jozibali qiladi.
• 100% Suvga chidamlilik: Namlik, ter va ko'z yoshlariga chidamli — strelkalar oqib ketmaydi va surkalmaydi.
• 24 soatgacha chidamlilik: Ertalabdan kechgacha chiziqlarni yangilashga ehtiyoj qoldirmaydigan ideal makiyaj.
• Ingichka mo'yqalam: Yumshoq va aniq applikator strelka qalinligini ultra-ingichkadan tortib to qalingacha osongina sozlash imkonini beradi.
• Qulay surtish: Podvodka surtilgandan keyin tez quriydi, kun davomida yorilib ketmaydi va to'kilib tushmaydi.
Foydalanish usuli: chiziqni ko'zning ichki burchagidan tashqi burchagiga qarab, kipriklar o'sish chizig'i bo'ylab o'tkazing. Strelka dumini chakka tomonga qaratib ohista chizing. Zarur bo'lsa, qalinroq qilish uchun harakatni takrorlang.

