DEIZOVER 9 rangli ko‘z uchun ten paletkasi — Mat va Shimmer ranglar to‘plami
Ko‘zlaringiz go‘zalligini namoyon etuvchi mukammal tenlar paletkasi! Har kungi kunduzgi pardozdan tortib, jozibali kechki va bayramona makiyajgacha yaratish uchun eng kerakli 9 xil tus bir joyda jamlangan.
Asosiy xususiyatlari:
universal 9 rang: To‘plam tarkibida mayin mat, yaltiroq shimmer va metallik tuslar mavjud. Ular bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.
Yuqori pigmentatsiya: Ranglar birinchi surishdanoq qovoqlarda yorqin va to‘yingan holda aks etadi.
Mayin va ipakdek tekstura: Ten qovoqqa yengil suriladi, ushalib ketmaydi va osongina soyalanadi (rastushovka qilinadi).
Mustahkam saqlanish (Shtoykost): Kun davomida o‘chib ketmaydi, qovoq burmalariga to‘planib qolmaydi va yig‘ilmaydi.
Ixcham va zamonaviy dizayn: Shaffof va chiroyli g‘ilof sumkachada ko‘p joy egallamaydi, sayohat va kundalik foydalanish uchun juda qulay.
Afzalliklari:
1. Har bir holat uchun mos: Bazaviy neytral va och tuslar kundalik pardoz uchun, to‘q va shimmer ranglar esa chuqur hamda maftunkor kechki ko‘rinish uchun ideal.
2. Qulay usulda surish: Tenlarni cho‘tka yordamida ham, barmroq uchida ham bir me'yorda surish va tekislash juda oson.
3. Barcha teri turlariga mos: Ko‘z atrofini quritmaydi va noqulaylik tug‘dirmaydi.
Foydalanish bo‘yicha tavsiya:
Mukammal va uzoq saqlanuvchi natija uchun ten surishdan oldin qovoqqa maxsus baza (praymer) yoki konsiler suring.
Och ranglarni qovoqning ichki burchagiga va qosh ostiga, to‘q tuslarni esa ko‘zning tashqi burchagiga va burmasiga surib soyalang.

