Ko‘z uchun gidrogel patchi — kundalik yuz parvarishida tez, qulay va yoqimli yordamchi vosita. Ko‘z atrofi terisi yuzning eng nozik qismlaridan biri hisoblanadi, shuning uchun unga alohida e’tibor kerak bo‘ladi. Uyqusizlik, charchoq, uzoq vaqt telefonda yoki kompyuterda ishlash, stress va kunlik faol hayot tarzi ko‘z osti zonasida charchagan ko‘rinish, shish yoki xiralik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ko‘z osti uchun patchi kundalik beauty parvarishda juda kerakli mahsulotlardan biridir.
Bu patchilar ko‘z atrofidagi terini tetikroq, namlangan va silliqroq ko‘rsatishga yordam beradi. Ayniqsa ertalab yuzga uxod qilishda yoki muhim uchrashuv, ish, o‘qish, suratga tushish va makiyajdan oldin ishlatish uchun juda qulay. Patchi teriga yoqimli joylashadi, sovutuvchi effekt beradi va ko‘z osti zonasini parvarish qilishni osonlashtiradi.

