Ushbu suv toʻldirish krani (musluk) isitish qozonlari (kombi) tizimidagi suv bosimi (davleniye) tushib ketganda, tizimga qaytadan suv toʻldirish va bosimni meʼyoriy holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Yuqori sifatli latun (jez) metallidan tayyorlangani sababli korroziyaga va yuqori bosimga chidamli. Asosan Demirdöküm brendining mashhur modellari (Aden, Nitron, Kalisto, Sargon) va shunga oʻxshash oʻlchamdagi boshqa turdagi kombilar uchun mukammal darajada mos keladi.

