Bizning shaxmat darsligimiz shaxmat o‘yinini yaxshi ko‘rib qolgan va uni yanada chuqurroq o‘rganishni istagan bolalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu kitobda biz yosh iste’dod egalariga ularning o‘yin tushunchasi, shaxmatga bo‘lgan qarashi va temperamentiga mos shaxmat debyut repertuarini tanlashga yordam beramiz.
…Bizning darsligimiz zamonaviy bo‘lib, uni bugungi bolalar uchun qiziqarli qilishga harakat qildik. Kitobning har bir bobida bir nechta bo‘lim mavjud:
1) nazariyani o‘rganish;
2) chempionlar va grossmeysterlar o‘ynagan eng qiziqarli shaxmat partiyalarini tahlil qilish hamda chiroyli misollar;
3) shaxmat tarixi bo‘yicha majburiy dars. Unda mashhur shaxmatchilar haqida yoki shaxmat bilan bog‘liq tarixiy voqealar haqida hikoya qilinadi. Ming yillik tarixida shaxmatda juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan;
4) mustaqil ishlash uchun partiyalar va misollar to‘plami.
Ushbu qo‘llanmada berilgan materialni o‘rganib, partiyalarni tahlil qilib chiqqan o‘quvchi 1–2 razryad darajasiga yetishi mumkin. Ammo faqat nazariyani o‘rganish yetarli emas! Albatta do‘stlaringiz bilan ham, turli musobaqalarda ham shaxmat o‘ynang. Nazariya har doim amaliyot bilan birga bo‘lishi kerak.
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing 📚
📖 To‘liq tavsifni o‘qib chiqing.

