"Har qanday bola - bu minglab savollar beradigan va barcha yangi narsalarni o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan tinimsiz kashfiyotchidir," - Yelena Ulyeva
"Yulduzlar" kitobi farzandingizni tungi osmondagi asosiy yulduzlar va yulduz turkumlari: Katta va Kichik Ayiq, yorqin va go‘zal Sirius yulduzlari bilan tanishtiradi. Kichkintoyingiz yulduzning hayot sikli qanday kechishi va nima uchun u qora tuynukka aylanishi mumkinligini bilib oladi.
"Yulduzlar" kitobi bilan kichkintoyingiz zerikmasligi aniq, balki koinot va uning tuzilishi haqida ko‘plab yangi va foydali ilmiy ma’lumotlarni kashf etadi.
"Kosmik ertaklar" turkumi - kichkintoylar uchun rivojlantiruvchi kitoblar bo‘lib, unda sayyoralar, yulduzlar, kometalar va asteroidlar haqidagi ilmiy bilimlar qiziqarli ertak shaklida taqdim etilgan.

