"Qo‘rqinchli tushlar, sevgilim" kitobida asablarni qitiqlaydigan hamma narsa bor: telba sevgi, mistika, o‘tmish sirlari, manyaklar, maxluqlar va haqiqatga shubha uyg‘otadigan gallyutsinatsiyalar. "Ixlosmand" romanini sevib qolgan barchaga yoqadi!
Uni o‘ldiruvchi sovuq deb atashadi. U shahar ko‘chalarida yuzlarida qotib qolgan tabassum bilan o‘lik qizlarni qoldiradi.
Manyak qurbonlaridan birini bilgan Jess qotilni qidirishga jalb qilinadi. Tez orada u halok bo‘lgan qizlarning barchasi unga juda o‘xshashligini tushunadi. Ammo eng dahshatlisi shundaki, har bir o‘limning unga aloqasi bor.
Qotilning telbalikdan porlab turgan ko‘zlari uni tushida ham, o‘ngida ham ta’qib qiladi. Jess aqldan ozyaptimi? Yoki sodir bo‘layotgan voqealarning barchasi haqiqatga aylangan tungi dahshatmi?

