• Muqova: Yumshoq
• Yozuv: krill
• Nashryot: Inson
• Kitob tili: O'zbek
• Sahifalar:230 bet
Joze Saramago — portugaliyalik yozuvchi, 1998-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovar bo'lgan. U o‘z asarlarida falsafa, din, siyosat va hayotning mohiyatini o‘ziga xos uslubda tasvirlaydi. Uning yozish uslubida uzun jumlalar, nuqtali-vergul ko‘p ishlatish va ko‘pincha qo'shtirmoqli dialoglar bilan ajralib turadi ("Ko'rlik" romanida ham barcha diologlar qo'shtirnoq ichida yozilgan).
“Ko‘rlik” (asl nomi: Ensaio sobre a cegueira) romani 1995-yilda yozilgan. Asar yozilishiga sabab sifatida yozuvchining insoniyatning axloqiy ko‘r bo‘lib qolayotganiga bo‘lgan xavotiri sabab bo‘lgan. U bu asar orqali jamiyat inqirozi va insoniy qadriyatlarning yo‘qolib borishini tasvirlamoqchi bo‘lgan.
Saramago asar yozilganidan keyin shunday degan ekan:
“Agar siz ko‘r bo‘lsangiz, bu sizning ko‘zingizda muammo bor degani emas. Bu qalbingizda, ongigizda va vijdoningizda ko‘rlik borligini anglatadi.”
Asar mazmuni
“Ko‘rlik” – nomaʼlum shaharda sodir bo‘lgan g‘ayritabiiy ko‘r bo‘lib qolish epidemiyasi haqida. Kasallik virus kabi tarqaladi va butun jamiyat tartibsizlikka yuz tutadi. Bu ko'rlik zulmatli ko'rlik emas aksincha, sutdek oppoq ko'rlik haqida. Epidemiya natijasida odamlar axloqiy qiyofasini yo‘qotadi, hamma joyda xaos kuzatiladi, zo‘ravonlik va hayvoniy instinktlar ustunlik qiladi.
Asar markazida faqat ko‘r bo‘lmagan yagona inson – bir ayol turadi. U boshqalarga yordam beradi, lekin eng qiyin sinov, asliyatini, insoniyligini hamda o‘zligini yo‘qotmaslikdir.

