• ISBN 978-9943-8266-1-8 - 432 bet - Kiril alifbosi - Factor books nashriyoti - Muallif Kerolayn Kriado Peres - Ko'rinmas ayollar
• Ingliz tilidan Saodat Abdurahmonova tarjimasi
• Taqrizchilar: Firuza Muhammadjonova, Aziza Umarova, Dilfuza Kurolova
• Asar milliy va dunyoga mashhur, muayyan yo‘nalishda o‘ziga xos qimmat va ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-ommabop, ijtimoiy-gumanitar, ma’rifiy, ta’limga oid adabiyotlarni keng kitobxonlarga taqdim etiladi
Butun dunyo ayollar huquqlari himoyachisi, hozirgi kunda jahon bo‘yicha 100 nafar katta nufuzga ega ayollar qatoridan o‘rin olgan Kérolayn Kriado Peresning “Ko‘rinmas ayollar” kitobi – yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan jamiyatning barcha qatlami o‘qishi zarur hisoblangan kitobdir. Muallif tibbiyot, mehnat gigiyenasi va xavfsizligi, transport, zamonaviy texnologiyalar, soliq tizimi, siyosat, falokatlar chog‘ida yordam ko‘rsatilishi kabi qariyb hayotning barcha jabhalarida ayollar ehtiyojlari qay darajada inobatga olingan yoki olinmaganini mavzuli tadqiqotlar orqali tahlil qiladi, gender ma’lumotlar tanqisligini jonli misollar orqali isbotlaydi.



