Mazkur zamonaviy so'zlashgich va lug'at Koreya sari turli maqsadlarda safarga otlanganlar hamda til o'rganishni boshlaganlar uchun mo'ljallangan maxsus qo'llanmadir. Siz unda kundalik hayotda ko'p qo'llanadigan so'zlarning koreys tilida talaffuz qilinishi, Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya) haqida umumiy ma'lumotlar, foydali maslahatlar, bugungi Koreya hayotiga xos holatlar bilan ham tanishasiz. Qo'llanma keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.

