Ushbu koreyscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-koreyscha lug‘at taxminan 50 000 ga yaqin koreyscha va o‘zbekcha kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, keng ommaga mo‘ljallangan. Shu sababli ushbu lug‘atda so‘zlarning asosiy maʼnolari berilgan bo‘lib, kundalik hayotda kam ishlatiladigan maʼnolariga ko‘p urg‘u berilmagan. Shuningdek, koreys lug‘atlarida qo‘llaniladigan anʼanaviy hanguldan foydalanish uslubi ham qo‘llanilmadi, aksincha uning o‘rniga xalqaro o‘qilish transkripsiyasi berildi. Bu o‘z navbatida boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun qulaylik tug‘diradi.

