Koreys yuz parvarishi to'plami — ta'sirchan, muammoli va quruqlikka moyil terini bosqichma-bosqich chuqur tozalash, tinchlantirish, namlantirish va quyosh nurlaridan xavfsiz himoya qilish uchun mo'ljallangan to'liq parvarish majmuasidir. Har bir vosita bir-birini mukammal to'ldirib, terining tabiiy barerini tiklaydi va qizirish hamda yallig'lanishlarni kamaytiradi.
To'plam tarkibi va afzalliklari:
- 1. Tozalovchi ko'pik (Anua Heartleaf + BHA Foam, 150 ml): BHA kislotasi va kvertsetinol bilan boyitilgan penka teshikchalarni chuqur tozalaydi, ortiqcha yog'ni ketkazadi hamda qora nuqtalar paydo bo'lishining oldini oladi.
- 2. Krem-mist (Dr. Althea 345 Relief Cream Mist, 100 ml): Sprey formatidagi yengil mist terini bir zumda namlik bilan boyitadi, tinchlantiradi va kun davomida terida qulaylik hissini beradi.
- 3. Tinchlantiruvchi zardob (Anua Azelaic Acid 10 + Hyaluron Serum, 30 ml): 10% azelaik kislota va gialuron kislotasi kombinatsiyasi qizirishlar, pigmentatsiya va akne izlariga qarshi samarali ta'sir ko'rsatib, terini intensiv namlantiradi.
- 4. Tiklovchi krem (Dr. Althea 345 Relief Cream): Niacinamid va pantenol saqlagan krem shikastlangan terini tiklaydi, namlik muvozanatini saqlaydi hamda terining himoya qatlamini mustahkamlaydi.
- 5. Quyoshdan saqlovchi krem (Beauty of Joseon SPF): Guruch ekstrakti va probiotiklarga boy yengil SPF krem terini ultrabinafsha nurlardan ishonchli ximoya qiladi, oq iz qoldirmaydi va terini yashnatadi.
Qo'llash tartibi:
- Yuzingizni tozalovchi ko'pik bilan yuvib tashlang.
- Yuzga krem-mistni sepib, yengil shimdiring.
- Zardobdan 2-3 tomchi surting va to'liq singishini kutib turing.
- Yuzga tiklovchi kremni surting.
- Kunduzi ko'chaga chiqishdan oldin oxirgi bosqichda quyoshdan saqlovchi SPF kremni qo'llang.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Koreya