Koreys tili audio kitobi — koreys tilini noldan boshlab o'rta darajagacha o'rganishni istaganlar uchun ishlab chiqilgan zamonaviy o'quv qo'llanma. Kitob 5 oylik o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, grammatika, tinglab tushunish, o'qish, yozish va so'zlashuv ko'nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yordam beradi.
Kitob orqali Janubiy Koreyadagi ta'lim tizimiga mos bilimlarni egallash, TOPIK (Test of Proficiency in Korean) imtihoniga tayyorgarlik ko'rish hamda kundalik hayotda erkin muloqot qilish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish mumkin.
Qo'llanmada 18 ta asosiy mavzu, 50 ta audio mashq, 50 dan ortiq grammatik mavzu, koreys madaniyatiga oid materiallar, kundalik suhbatlar va foydali iboralar jamlangan. Har bir mavzu bosqichma-bosqich tushuntirilgan bo'lib, yangi boshlovchilar uchun ham qulay.
Kitobning platformasi orqali mavzulashtirilgan audio darslar, mnemonika darslaridan foydalanish mumkin. Audio darslar QR-kod orqali tinglanadi, bu esa talaffuzni to'g'ri shakllantirish va eshitish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Qo'llanmaning ikkinchi qismida Hangul (koreys alifbosi), harflarning yozilishi va o'qilishi, shuningdek husnixat mashqlari berilgan. Bu bo'lim harflarni to'g'ri yozish va o'qish ko'nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kitob yakunida o'quvchi koreys tilida tinglash, o'qish, yozish va kundalik muloqot qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lib, TOPIK imtihoniga tayyorgarlik uchun zarur bo'lgan asosiy bilimlarni o'zlashtiradi.

