Bugun koreys adabiyoti butun dunyo bo'ylab tez sur'atda
yoyilayotgan bo'lsa-da, bizga biroz notanish. Ammo tarjima
asarlarga ehtiyoj ortib borarkan, koreys adabiyoti namunalari
ham asta-sekinlik bilan nashr qilinayotir.
Mazkur hikoyalar to'plamidan koreys yozuvchilarining bir
nechta asarlari o'rin olgan. Ularni o'qir ekansiz, koreys xal-
qining qadriyatlari, oilaviy munosabatlari, urf-odatlari va dun-
yoqarashi to'g'risida tasavvur hosil qilasiz. Shuningdek, koreys
hikoyanavisligining o'ziga xos jihatlaridan boxabar bo'lasiz.
Ushbu to'plam o'zbek kitobxonlariga koreys adabiyotini ta-
nishtirish yo'lidagi muvaffaqiyatli qadamlardan biri boʻlishiga

