“Корейский в вопросах и ответах” - dunyodagi eng yirik koreys tili o‘rganish hamjamiyati bo‘lgan Talk To Me In Korean qo‘llanmasidir. Talk To Me In Korean - 100 milliondan ortiq onlayn darslar, yuzga yaqin o‘quv qo‘llanmalari yaratgan hamda butun dunyo bo‘ylab 5 milliondan ortiq obunachilarni jamlagan professional koreys tili o‘qituvchilari jamoasi hisoblanadi!
“Корейский в вопросах и ответах” - qiziqarli grammatik konstruksiyalar va noodatiy leksikadan foydalangan holda koreys tilida gapirishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun ideal kitobdir. Talk To Me In Korean o‘qituvchilari eng ko‘p uchraydigan savollarni jamlab, ularga turli javoblarni tanlab berganlar. Shu sababli koreys tilini o‘rganayotgan har bir kishi hozirdanoq koreys tilida suhbat boshlashi mumkin!
Kitob koreys tilini kurslarda, repetitor bilan yoki mustaqil ravishda o‘rganayotgan hamda koreys tilidagi muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirib, nutqini yanada rang-barang va qiziqarli qilishni istagan barcha uchun foydali bo‘ladi.

