• Nomi: Korean Made Easy for Everyday Life (2nd Edition)
• Muallif: Seung-eun Oh
• Janr: Koreys tili, Amaliy suhbatlar, O‘z-o‘zini o‘qitish
• Yosh chegarasi: 12+
• Til: Ingliz va koreys tili
• Format: A4
• Muqova: Yumshoq
• Betlar soni: 296
“Korean Made Easy for Everyday Life” — koreys tilini kundalik hayot uchun o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan kitob. Darslikda 24 ta real hayotiy suhbat mavzusi (do‘konda xarid qilish, transportda gaplashish, mehmonxonada, restoranlarda, shoshilinch vaziyatlar va boshqalar) o‘z aksini topgan. Grammatik izohlar soddaligi bilan ajralib turadi, shuningdek, yangi so‘zlar talaffuzi va ishlatilishi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilgan. Har bir darsga audio (MP3) fayllar ilova qilingan bo‘lib, talaffuzni to‘g‘ri o‘rganish imkonini beradi. Mustaqil o‘quvchilar va koreys tilini amalda ishlatmoqchi bo‘lganlar uchun juda qulay.

