Bugungi mehnat bozorida keskin raqobat oshib borayotgan bir paytda daromadni oshirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, yangi pog‘onalarni zabt etish, iste’mol bozoriga xaridorgir mahsulot taklif qilish har bir rahbarning ulkan maqsadidir. Taassufki, aksariyat rahbarlar mazkur maqsad yo‘lida reja tuzar ekan, noto‘g‘ri xatti-harakat va reja tufayli ko‘pincha rivojlanish o‘rniga ko‘rsatkichlar pastlashiga, ahil va birdam jamoa o‘rniga tarqoq jamoa shakllanishiga sababchi bo‘lishadi. Hammasiga xodimlarning ko‘ngildan ishlamayotgani sabab, degan xulosaga kelishga undaydi. Ushbu qo‘llanma ana shunday damlarda «Hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘lishimizga qaramay ishlar orqaga ketyapti! Nega bunday bo‘ldi?» degan savollaringizga aniq misollar asosida javob beradi va sizni xodimlari ishiga oshiqib keladigan va uyiga quvonch bilan qaytadigan tashkilot rahbariga aylanishingizga yordamlashadi.

