Sevgi qanday bo‘lishi mumkin? Sochilib ketgan konfettilar kabi ko‘zni qamashtiruvchi va jo‘shqinmi? Yoki nafasni bo‘g‘ib, tub-tubga tortib ketadigan darajada og‘irmi?
Hammasi politsiyaning tashrifi bilan — hech narsadan bexabar Xe-ju xonadoniga tergovchining kelishi bilan boshlandi. Uning yigiti Xe-rok suv ombori bo‘yidagi uchrashuvdan so‘ng bedarak yo‘qolgan edi. Guvoh qirg‘oqdan bir juft oq krossovka — ulardan biriga tegishli bo‘lgan poyabzalni topib olgandi. Mehmonxonada o‘tirgan Xe-ju o‘zlarining hikoyasini so‘zlab beradi.
Bu hikoya bir yigitning o‘tkir nigohidan — avvalgi Xe-juni butunlay parchalab tashlagan o‘sha nigohdan boshlangan edi. U yigit uchun o‘zgardi. U yigitning istaklariga mos keladigan insonga aylandi. Bu tabiiy hol, shunday emasmi?
Kimningdir mulkiga aylanish — sevgi aslida shu emasmi?

