Konditsioner havo yo’naltirgichi – konditsionerdan chiqadigan sovuq yoki issiq havoni to’g’ridan-to’g’ri odamga urilishini oldini oluvchi amaliy aksessuar. Havo oqimini bir tekis taqsimlab, xonada yanada qulay va sog’lom muhit yaratadi.
Afzalliklari:
To’g’ridan-to’g’ri sovuq havo urishidan himoya qiladi.
Havo oqimini yumshoq va bir tekis taqsimlaydi.
Yozda salqinlikni, qishda esa issiq havoni qulay yo’naltiradi.
O’rnatilishi oson, maxsus asboblarsiz foydalaniladi.
Mustahkam va sifatli plastmassadan tayyorlangan.
Zamonaviy dizayni har qanday interyerga mos keladi.
Uy, ofis, yotoqxona, bolalar xonasi va ish joylari uchun mos.
Qo’llanilishi:
Split turdagi devor konditsionerlari uchun mo’ljallangan. Oila a’zolari, bolalar va ofis xodimlarini sovuq havo oqimidan himoya qilishga yordam beradi.

