Mahsulot xususiyatlari va afzalliklari :
Uyingizga va mehmonxonalarga, mehmon uylariga (Guest House), sanatoriy va SPA markazlari uchun mo‘ljallangan to‘liq 3 talik premium sochiqlar to‘plami. 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan ushbu to‘plam mehmoningizga komfort va gigiyena talablariga mos keluvchi mukammal xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Qulaylik va osoyishtalikni qadrlaydiganlar uchun ideal tanlov. 100% paxtadan tayyorlangan bo‘lib, ular 470 - 600 g/m² zichlikka ega, mehmonxonalardagidek a’lo darajada suvni shimadi va oson yuviladi. Yumshoq va havo singdiruvchi maxra to‘qimasi tufayli uy sharoitidagi sochiq maksimal qulaylik va teriga muloyim teginishni ta’minlaydi. U hammomda, saunada, hostelda yoki mehmon uyida foydalanish uchun juda mos.

Sochiqlar chiroyli bir xil ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, siz ularni interyeringizga mos ravishda tanlashingiz mumkin. U har qanday hammomda oson joylashadi va dush, vanna yoki hammomdan so‘ng yuzni artishda ajralmas yordamchiga aylanadi.
Ular tug‘ilgan kun yoki boshka bayramlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Ushbu sochiqlar erkaklar va ayollar uchun juda mos, shuningdek, bolalarga ham yoqimli sovg‘a bo‘lishi mumkin.
O‘zingizga yoki yaqinlaringizga ushbu yumshoq paxtali sochiqlarni sovg‘a qiling va qulaylik hamda osoyishtalikdan bahra oling Diqqat qilamiz, yuvilgandan so‘ng sochiqlar 3–5% gacha qisqarishi mumkin.

To‘liq komplektatsiya: Dush qabul qilish, yuz va oyoq parvarishi uchun barcha zaruriy sochiqlar bir to‘plamda.
Oyoq sochig'i (Oyoqcha): Maxsus zich to‘qilgan, sirpanib ketishning oldini oluvchi va suvni tezda shimib oluvchi zich tekstura.

Tijorat uchun mos: Ko‘p marotaba sanoat usulida yuvishga, baland harorat va oqartirgichlarga chidamli.
Prestiijli ko‘rinish: Mehmonxonangiz darajasini va mehmonlarga bo‘lgan e'tiboringizni ko‘rsatuvchi rang.

Tarkibi
Material: 100% tabiiy o‘zbek paxtasi
To‘plam tarkibi (2 dona): (3 dona)
1 dona Hammom sochig‘i (70×140 sm)
1 dona Yuz va qo‘l sochig‘i (50×90 sm)
1 dona Oyoq sochig‘i / Kovrik (50×70 sm, relf bo'rtmali "Oyoqcha" izi bilan)

Rangi: Hotel Standard
Foydalanish va parvarishlash yo‘riqnomasi
Yuvish: Yumshoq yuvish 40°C – 60°C haroratda kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etiladi.
Dazmollash: Maksimal 150°C haroratda dazmollash yoki bug‘ berish tavsiya etiladi.
Quritish: Barabanli quritgichda quritilganda sochiqlar o‘z yumshoqligini uzoq saqlaydi.

