Mis qotishmasidan tayyorlangan, ustiga 18 karat tilla yugurtirilgan uzuk. Fianit ko'zlari tiniq va yorug'likda ravshan ko'rinadi. Shakli ixcham, gardishi tekis, shuning uchun kundalik kiyimga ham, bayram libosiga ham mos tushadi. Xuddi shu rangdagi ingichka bilaguzuk yoki ziraklar bilan birga taqilsa, ko'rinishi butun bo'ladi. Qoplama uzoq saqlanishi uchun uzukni dush, uy yumushlari va sport paytida yechib qo'ying, yumshoq xaltachada alohida saqlang, taqib bo'lgach quruq mato bilan arting.

