Uzuk misdan, ustidan 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Buyum yengil, barmoqda deyarli sezilmaydi, pushti tus esa odatdagi sariq tusdan yumshoqroq ko'rinadi. Ham sovg'a uchun, ham o'zingiz taqish uchun qulay: ish kiyimiga, svitirga, yozgi libosga mos tushadi. Xuddi shu tusdagi zirak yoki bilaguzuk bilan komplekt bo'ladi. Basseyn, sauna va plyajga taqib bormang, sportdan oldin yeching. Taqib bo'lgach yumshoq quruq mato bilan artib, xaltachaga solib qo'ying.

