Uzuk mis qotishmasidan tayyorlangan, ustidan 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Rangi vazmin, keskin yaltiramaydi, shuning uchun ishda ham, sayrda ham joyida chiqadi. Bunday uzukni asosiy taqinchoq sifatida tanlashadi: sariq va pushti rangdagi buyumlarga mos tushadi hamda yirikroq detallardan etiborni tortib olmaydi. Yuvinish va uy yumushlaridan oldin yeching, kimyoviy vositalar yonida qoldirmang. Taqqandan keyin quruq mato bilan artib, qutiga soling.

