Uzukni yolg'iz yoki bir barmoqqa bir nechtasini birga taqish mumkin. Qoplamaning pushti tusi sariq metall bilan ham yaxshi turadi, shuning uchun taqinchoqlarni aralashtirib taqishdan cho'chimasa bo'ladi. Buyum asosi misdan, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Metall yengil, uzuk qo'lni tortmaydi va kun davomida xalal bermaydi. Parvarishi oddiy: idish yuvish va yuvinishdan oldin yeching, quruq arting, qoplamada tirnalish qolmasligi uchun alohida saqlang.

