Uzuk misdan yasalgan, usti 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tovlanish sariq rangga qaraganda yumshoqroq va ochiq rangdagi teriga, pastel tusdagi kiyimga ayniqsa yarashadi. Uzukni har kuni taqish qulay: bir qoldagi soat yoki bilaguzuk bilan, xuddi shu rangdagi kulon va ziraklar bilan birga taqiladi. Qoplama yupqa, shuning uchun buyumni qattiq gubka, xlorli suv va atirdan asrang. Tozalash ishlari va sportdan oldin uzukni yeching, taqib bolgandan keyin yumshoq mato bilan arting va qutichaga soling.

