Collagen Bombbar kompleksi tarkibiga glyukozamin, xondroitin, MSM (metilsulfonilmetan) va kollagen kiradi.
Xondroitin suyaklarimiz, tog‘aylarimiz va bo‘g‘imlarimiz tarkibiga kiradi. Uning asosiy vazifasi - tog‘aylarda namlikni saqlash va sinovial (bo‘g‘im) suyuqligi ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishdir. Xondroitin yetishmasligi tog‘ay to‘qimalari holatiga salbiy ta’sir qiladi: ular deformatsiyalana boshlaydi, yupqalashadi, mustahkamligi va elastikligini yo‘qotadi. Sinovial suyuqlik miqdorining kamayishi bo‘g‘imlar harakatchanligiga ta’sir qiladi: dastlab harakat paytida g‘ichirlash va qirsillash paydo bo‘ladi, keyinchalik og‘riq yuzaga kelib, bo‘g‘imlar harakatchanligi yomonlashadi. Xondroitin suyak sinishlarida (suyaklarning tezroq bitishi uchun), artrit va osteoporozda qo‘llaniladi.
Glyukozamin - sog‘lom bo‘g‘imlar va tog‘aylar uchun qurilish materiali bo‘lib, ularning mustahkamligi va elastikligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, u xondroitin tarkibiga ham kiradi. Organizmda glyukozaminning yetarli miqdorda bo‘lishi bo‘g‘imlardagi yallig‘lanish va og‘riqli holatlarning oldini olishga yordam beradi. Glyukozamin ko‘pincha osteoartroz, periartirit, osteoxondroz va spondilezda qo‘llaniladi.
Kollagen - organizmni bir butun holda bog‘lab turuvchi biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy tarkibiy qismidir.
Kollagen organizmdagi eng muhim oqsillardan biri bo‘lib, barcha oqsillarning qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. U nafaqat terining tarangligi va elastikligi, balki suyaklar, tirnoqlar, tog‘aylar, bo‘g‘imlar va qon tomirlarining holati uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Kollagen barcha to‘qimalarning tiklanishi va regeneratsiyasi uchun zarur bo‘lib, qon tomirlarining elastikligini oshirishga va ularning shikastlanishining oldini olishga yordam beradi. Suyaklarning mustahkamligi uchun ham kollagen muhimdir, chunki suyaklarning asosini kollagen tolalari tashkil qiladi. Qurilish tolasi sifatida kollagen barcha biriktiruvchi to‘qimalarni, shuningdek paylar, tayanch-harakat tizimi, qon tomirlari, soch, tirnoq va teri tuzilishini shakllantiradi. Kollagen bog‘lamlarning elastikligi va cho‘ziluvchanligini saqlashga, ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Metilsulfonilmetan (organik oltingugurt, MSM) oqsillarning molekulyar tuzilishini ta’minlaydi, ko‘plab aminokislotalar tarkibiga kiradi va antioksidantlar, xususan, glutation sintezida ishtirok etadi. Oltingugurt bo‘g‘im to‘qimalari uchun zarur bo‘lib, tog‘ay, bo‘g‘im kapsulasi va bog‘lamlar tuzilishining barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. MSM tarkibidagi qo‘shimchalar mushaklarning bo‘shashishiga yordam beradi, og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirishga, energiya darajasini oshirishga ko‘maklashadi.
Yaroqlilik muddati qadoqda ko‘rsatilgan.

