Yangi byuti-odatingiz
Go‘zallik va salomatlik tarating!
Tetik ko‘rinish, yoshlik va g‘ayrat – har bir ayol go‘zallik bilan porlashni va hayotning barcha sohalarida muvozanatdan bahramand bo‘lishni istaydi! Sizning birinchi yordamchingiz – kollagen – organizmda eng ko‘p tarqalgan oqsil. U suyaklar, boylamlar, paylar, biriktiruvchi to‘qimalar va mushaklar tarkibida, shuningdek, miya hujayralarida mavjud. Teri 75% kollagendan iborat bo‘lib, uning elastikligi va ajin tushishiga moyilligi shunga bog‘liq. Shuningdek, bu "yoshlik eliksiri" soch va tirnoqlarda ko‘p miqdorda mavjud, ammo, afsuski, yosh o‘tishi bilan qimmatli oqsil ishlab chiqarilishi kamayadi.
Women’s Health "Kollagen tripeptidlari & Kofaktorlari" – bu minimal molekulyar og‘irlikdagi (500 DAdan kam) tez so‘riluvchi kollagenning innovatsion manbai bo‘lib, u ajoyib so‘rilish va tez o‘zlashish qobiliyatiga ega (og‘iz orqali qabul qilingandan keyin 30 daqiqa ichida). Uning formulasi asosiy komponentning go‘zallik ta’sirini sezilarli darajada oshiradigan kofaktorlar – C vitamini va biotin bilan kuchaytirilgan.
Go‘zallikning barcha sohalarida muvozanat
• Kollagen tripeptidi (Gly-Pro-Hyp)
Gly-Pro-Hyp peptidi (glitsin-prolin-gidroksiprolin) innovatsion xususiyatlarga ega. U teri va tayanch-harakat apparati tomonidan a’lo darajada o‘zlashtiriladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Pro-Hyp birikmasi gialuron kislotasi sinteziga va bo‘g‘im tog‘aylari sinteziga yordam beradi. Gly-Pro qon bosimini pasaytiradi.
• C vitamini
Biologik oson o‘zlashtiriladigan C vitamini shakli – natriy askorbat – terini UB nurlanishi, ifloslanish va boshqa tashqi omillar keltirib chiqaradigan zararlardan himoya qilishga yordam beradi. Kollagen sintezini rag‘batlantirib, teri qatlamini mustahkamlaydi va shu orqali ajinlar paydo bo‘lishi hamda terining tarangligini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiradi.
• Biotin (B₇ vitamini)
Organizmda glyukoza sintezi, insulin ishlab chiqarish, asab hujayralari va ter bezlarining sog‘lom ishlashi uchun zarur. Ushbu moddaning molekulyar tuzilishi tarkibiga kiruvchi oltingugurt soch, tirnoq, terining sog‘lom go‘zalligi uchun juda muhimdir. B₇ vitamini teriga kirib, hujayralarning yangilanishi bilan bog‘liq eng muhim almashinuv jarayonlarida ishtirok eta oladi.
Katta yoshdagi odamga bir kecha-kunduzda 50 mkg atrofida biotin zarur.
• Fruktooligosaxaridlar (FOS)
Ovqat tarkibidagi hazm bo‘lmaydigan, ammo tabiiy prebiotik sifatida ta’sir ko‘rsatuvchi komponentlar. Ichakda foydali mikrofloraning ko‘payishiga yordam beradi, patogen bakteriyalardan himoya qiladi.
Yangi avlod kollageni
Kollagen va gidrolizlangan kollagenning farqi nimada?
Kollagen va kollagen peptidlari bir xil aminokislotalardan tashkil topgan, biroq peptidlar organizm tomonidan ancha oson o‘zlashtiriladi. Ya’ni ular turli jarayonlarda tezroq ishtirok etadi: mushak to‘qimalarini yaxshiroq tiklaydi, terini namlantiradi, ajinlarni tekislaydi va suyaklar holatini normallashtiradi. Bundan tashqari, kollagenning zamonaviyroq turi, ayniqsa, ichaklari ta’sirlangan, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar fonida hazm bo‘lmagan, shuningdek, yetarlicha oqsil iste’mol qilmaydigan odamlarda tezroq so‘riladi.
Kollagen tripeptidi nima?
Kollagen tripeptidi kollagen tuzilishidagi minimal birlik bo‘lib, 3 aminokislotadan iborat. Kollagen tripeptidi – bu yuqori konsentratsiyali tripeptidlarga ega bo‘lgan kollagen gidrolizati bo‘lib, Gly-Pro-Hyp (glitsin-prolin-gidroksiprolin) ketma-ketligi oddiy kollagenlardan farq qiladi va ichakda tez so‘riladi.
Kollagen tripeptidi (Gly-Pro-Hyp) nimasi bilan o‘ziga xos?
Gly-Pro-Hyp peptidi innovatsion xususiyatlarga ega. Kollagen bilan bog‘langan a’zolar (asosan teri, suyak, tog‘ay va paylar) tomonidan so‘riladi. Bundan tashqari, ushbu peptidning turli funksiyalari (masalan, yangi kollagen va gialuron kislotasi ishlab chiqarish jarayonlarini rag‘batlantirish)3 suyak va paylarni mustahkamlashga yordam berishi tasdiqlangan. GPH metaboliti sifatida GPH va PH kollagen tarkibidagi boshqa di- va tripeptidlar orasida gialuron kislota sintezi faolligini eng ko‘p rag‘batlantiradi. Bu nima uchun mahsulotning kamroq hajmi shunchalik samarali natija berishini tushuntiradi.
Amicogen (Janubiy Koreya) – kollagen ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi
Kollagen ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Koreyaning Amicogen kompaniyasi tomonidan adsorbsion xususiyatlari yuqori bo‘lgan tripeptid shaklidagi kollagenni ishlab chiqish ko‘p yillar davom etdi. Bundan tashqari, GPH tarkibini oshirish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Doimiy tadqiqotlar va ishlanmalar tufayli Collagen-Tripep20 yaqinda yangi avlod kollageni sifatida tan olindi!
Qachon qo‘llaniladi?
Har qanday yoshda ham go‘zallik va yoshlikni saqlab qolish.
Tayanch-harakat apparatini saqlash va mustahkamlash.
Organizmning faol o‘sish davrlarida.

