Kollagen — bu biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy qurilish oqsili bo‘lib, u organizmning barcha a’zolari va to‘qimalarida mavjud.
Kolagen to‘qimalarga taranglik va elastiklik beradi. Yosh o‘tishi bilan organizmda kolagen ishlab chiqarilishi kamayadi. Shu sababli terining tarangligi yo‘qoladi, ajinlar paydo bo‘ladi, tirnoqlar mo‘rtlashadi, sochlar zaiflashadi, mushaklarda sustlik seziladi, suyak va bo‘g‘imlar mo‘rtlashadi.
Baliqdan olingan kolagen oson hazm bo‘ladi va organizm uchun asosiy turdagi kolagen hisoblanadi.
Gialuron kislotasi — teri tarkibiga kiradi, uni oziqlantirib va namlab turadi.
U suvni ushlab turadi, shu orqali kolagenga terining tarang tuzilishini saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, u bo‘g‘imlarni himoya qiluvchi sinovial suyuqlik tarkibida ham mavjud.
S vitamini — kolagen ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi va antioksidant himoya ta’sirini ko‘rsatadi.

