Ijro qudrati va o‘quvchilar orasidagi mashhurligi jihatidan Djon Tolkin hamda Djordj Martin asarlari bilan tenglashadigan eng yaxshi epik fentezi turkumlaridan biri - vaqt aylana bo‘lib takrorlanadigan, insoniyat taqdiri esa Tanlangan - Qayta tug‘ilgan Ajdarhoga bog‘liq bo‘lgan dunyo haqida hikoya qiladi. U qadimiy yovuzlikka qarshi turishi kerak.
“Najotsiz najot yo‘q vayronasiz, o‘limning bu tomonida umid yo‘q”, - deydi Ajdarha haqidagi bashorat.
Aiyl qabilalarining ko‘pchilik sardorlari Rand al’Torni Qayta tug‘ilgan Ajdarha, ya’ni Tong bilan kelgan deb tan olganidan beri mamlakatni tobora yangi balolar qamrab olmoqda.
Oq Minorada esa bo‘linish yuz berdi. Amirlinn Taxtiga chiqqan Elaida o‘z tartiblarini o‘rnatmoqda, ko‘plab Aiz Sedaylar esa Minorani tark etishdi.
Randni tan olmagan Shaydo qabilasi o‘z sahro yurtlarini tashlab, Ajdarha Devoridan oshib, Kayriyen tomon yurish boshladi. Mamlakatni zo‘ravonlik va talon-torojdan saqlash uchun Rand ularning ortidan yo‘l oladi. Kayriyen devorlari ostidagi shafqatsiz jangda eng zo‘r jangchilar halok bo‘ladi, biroq Qayta tug‘ilgan Ajdarha hali oldinda uni eng og‘ir va achchiq yo‘qotish kutayotganini bilmaydi…

