Ijro qudrati va o‘quvchilar orasidagi mashhurligi jihatidan Djon Tolkin hamda Djordj Martin asarlari bilan tenglashadigan eng yaxshi epik fentezi turkumlaridan biri - vaqt aylana bo‘lib takrorlanadigan, insoniyat taqdiri esa Tanlangan - Qayta tug‘ilgan Ajdarhoga bog‘liq bo‘lgan dunyo haqida hikoya qiladi. U qadimiy yovuzlikka qarshi turishi kerak.
Bir paytlar Qorong‘i - butun olam yovuzligining manbai - Yaratuvchi tomonidan Shayol G‘ul tog‘ida qamab qo‘yilgan edi. Ammo u hatto qamoqda ham dunyoga ta’sir o‘tkaza oldi: Sehrli Yagona Kuchga ega bo‘lgan odamlar nazoratni yo‘qotib, dahshatli falokat - Dunyo Yorilishi (Razlom Mira)ni keltirib chiqardilar. Shundan so‘ng buyuk Afsonalar davri yo‘qolib, faqat afsona va rivoyatlarga aylandi.
O‘rmonlar bag‘ridagi olis qishloqdan chiqqan uch ajralmas do‘st - Rand, Perrin va Mat - yaqin orada afsonalar haqiqatga aylanishini va o‘zlari insoniyat taqdiri hal bo‘ladigan voqealarning markaziga tushib qolishlarini tasavvur ham qila olarmidi?
Roman muallifning ilgari tarjima qilinmagan kirish so‘zi bilan to‘ldirilgan.

