"Ko‘kdala: Sahrodagi mo‘jiza" kitobi O‘zbekistonning eng yosh tumanlaridan biri — Ko‘kdalaning tashkil topishi va qisqa vaqt ichida bosib o‘tgan ulkan taraqqiyot yo‘lini yoritadi. Asarda hududni kompleks rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan natijalar atroflicha bayon etiladi.
Kitobda Ko‘kdalaning kechagi va bugungi qiyofasi tarixiy ma’lumotlar, ishonchli faktlar, statistik ko‘rsatkichlar hamda rang-barang fotosuratlar orqali qiyosiy tarzda yoritilgan. Shuningdek, hudud aholisi hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar, yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik ruhi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil so‘z yuritiladi. Mazkur nashr Ko‘kdala tumanining shakllanish va taraqqiyot tarixini aks ettiruvchi qimmatli manba bo‘lib, keng kitobxonlar ommasi, tadqiqotchilar, talabalar hamda yurtimiz taraqqiyoti bilan qiziquvchi barcha o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

