AMIRTEA №95 — yoqimli xushbo‘y hid va tetiklashtiruvchi ta’mga ega tabiiy ko‘k choy. O‘ziga xos yengil taxirligi va damlanganda hosil bo‘ladigan chiroyli rangi bilan ajralib turadi. Uyda, ishda va oila davrasida har kuni choy ichish uchun ajoyib tanlov.
Ushbu choy sizga yoqimli kayfiyat va an’anaviy choy ichish zavqini baxsh etadi.
Damlanish usuli:
200 ml issiq suvga 2–3 g choy solib, 80–85 °C haroratda 2–3 daqiqa damlang.
Tarkibi: ko‘k choy.

