Yosh o‘quvchi, qo‘lingizdagi ushbu kitob Sizga sir-sinoatlarga to‘la koinot haqidagi dastlabki bilimlarni beradi. Siz kitobda bizga eng yaqin bo‘lgan yulduz – Quyosh, sayyoralar, Galaktika, Qora tuynuk, ilk astronomik kuzatish- lar, ajdodlarimizning samo hamda olam haqidagi qarashlari, astronomiya ilmining taraqqiyoti haqida bilib olishingiz mumkin.
Samo – cheksizlikdir. Cheksizlik bag‘rida har lahzada millionlab hodisalar yuz beradi. Ularning ba’zilariga guvoh bo‘lamiz, o‘rganamiz. Shu tarzda koi- notga xayolan sayohat qilamiz. Ushbu kitob ana shunday bo‘lajak fazo- girlar uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz.

