Inson Yer yuzida bir necha million yillardan beri yashar ekan, ular so‘zsiz samoni ham kuzatishgan. Quyosh, Oy, son-sanoqsiz yulduzlar, dumli kometalar va yorqin meteorlar qadim zamonlardan buyon insonlar e’tiborini tortib kelayotgan ajoyib hodisalarning kichik bir qismidir. Odamlar osmonni kuzatganlari sari ularda ko‘plab savollar paydo bo‘lgan. Nima uchun Quyosh va yulduzlar porlaydi? Quyosh tutilishi nima uchun ro‘y beradi? Yulduzlarning so‘nishi nima va ular qayerdan tushadi? Nima uchun osmonda kometalar paydo bo‘ladi va bu nimani anglatadi? Oy nima va u nima uchun kechasi, Quyosh esa kunduzi nur sochadi? Nima uchun yulduzlar osmon bo‘ylab harakatlanadi - Yerchi harakatlanyaptimi? Agar u harakatlanayotgan bo‘lsa, qanday qilib? Inson koinotni kuzatarkan, uni cheksiz savollar qiynar edi.
Dastlab bu savollarga ruhoniylar javob berishga harakat qilishdi. Natijada turli xil hodisalar haqidagi afsona va to‘qimalar paydo bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan bu kabi farazlar odamlarni qoniqtirmay qo‘ydi. Oxir-oqibat ushbu savollarga o‘z mulohazalari va tajribalari yordamida javob topishga harakat qilgan olimlar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, koinotning tuzilishi va qonunlarini o‘rganadigan fan-astronomiya yuzaga keldi. Ko‘plab iste’dodli astronomlarning mehnati tufayli biz koinotga oid savollarga ishonchli javoblarni oldik. Ularning ba’zilarini qo‘lingizdagi kitobni o‘qib bilib olasiz. Kitobni o‘qib chiqqaningiz sari siz koinot haqidagi bilimlarni bilib ola boshlaysiz. Ishonchimiz komilki, koinot sizni qiziqtirib qo‘yadi va kitobga bo‘lgan qiziqishingiz ortadi.

