Qahva olami bo‘ylab 90 yillik sayohat — siz ishonishingiz mumkin bo‘lgan tajriba.
Biancaffe Arabica (Italiya). 100% Арабика. 500 gr. 1932-yildan buyon boy tarixga ega bo‘lgan Italiyaning professional ishlab chiqaruvchisidan.
Braziliya, Efiopiya, Gonduras, Salvador va Kolumbiyadan keltirilgan 100% arabika qahvasining ajoyib купажи (birlashmasi). U eng talabchan qahva ishqibozlari uchun maxsus yaratilgan. O'zining o'tkir ifori, shuningdek, mevali notalarga ega bo'lgan mayin va nozik ta'mi bilan ajralib turadi.
ARABIKA — Brasile Santos Fine Cup
Kupajda ishlatiladigan Santos navi — bu bizning tasterlarimiz (tatib ko'ruvchilar) tomonidan San-Paulu, Minas-Jerais va Parana shtatlaridan tanlab olingan yuqori sifatli mahsulotdir. U o‘ziga xos mis-yashil rangga hamda yassi va uzunchoq shakldagi donachalarga ega.
ARABIKA — Etiopia
Qahva plantatsiyalariga asos solgan mamlakatdan. Bizning kupajimiz uchun tanlangan Efiopiya qahvasi yuqori qiymatga ega mahsulot hisoblanadi. Uzunchoq shakldagi va jigarrang-yashilsimon tusdagi o‘rtacha/yirik donachalar qorishmaga o‘rtacha nordonlik, yaxshi quyuqlik (tana) va mevali jilolarni baxsh etadi.
ARABIKA — Colombia Supremo
Dunyodagi ikkinchi yirik qahva ishlab chiqaruvchisidan. Kupajimiz uchun ishlatiladigan Kolumbiya qahvasi — bir xil, yirik va yassi donachalarga ega nafis arabikadir. U bodom ta'miga moyillik, kuchli ifor va o‘rtacha yuqori nordonlikka ega.
ARABIKA — Salvador
Eng yuqori nufuz va sifatga ega qahva. U barqaror va quyuq ko'pik (krema) beradi, shuningdek, qovurish va tatib ko'rish paytida ham yaqqol seziladigan mavrak (shalfey) va limonning o'tkir hidiga ega. Yaxshi, yoqimli va yumaloq tana bilan uyg'unlashgan o'rtacha-mayin nordonlik, hamda yaqqol sezilarli shirinlik uni nihoyatda yoqimli qiladi va bu ta'mni yana takrorlash istagini uyg'otadi.
ARABIKA — Honduras
O‘zining quyuqligi, balansi va ifori tufayli espresso uchun mo'ljallangan gurman (premium) kupajlariga juda mos keladigan nihoyatda qiziqarli qahva. U karamel notalarini taqdim etadi va hatto alohida (mononav) holda damlanganda ham ajoyib ta'm beradi.

