Sizni 736 betlik ilm-fan dunyosiga qiziqarli va hayajonli sayohat kutmoqda. • Genetika qanchalik katta yutuqlarga erishdi? • Gen tahrirlash hayotimizda nimalarni oʻzgartiradi? • Nobel mukofoti qanday qoʻlga kiritiladi? • Buyuk olim tarbiyalash qanchalik oson? • AQSHda ilmiy muhit qanaqa, olimlar va laboratoriyalar oʻrtasida raqobatchi? 1953-yil DNK strukturasi kashf etilgach, yer yuzidagi barcha jonzotlarning hayot kodi maʼlum boʻldi. Bu misli koʻrilmagan kashfiyot edi. Galdagi qadam ana shu kodni oʻzimiz yoza olishimiz, uni buzib, qayta tahrirlashni oʻrganish edi. Hayot kodini qayta yoza olsak, biz nafaqat turli tugʻma genetik kasalliklardan va saratondan xalos boʻlishimiz, balki tanamizni istalgan shaklda – rangimiz, mushaklarimiz hajmi, kasallikka qarshi immunitetimizni oʻzimiz istagan tomonga oʻzgartirishimiz mumkin boʻlardi. Uolter Ayzekson genetik kodni buzishga katta hissa qoʻshgan olim, Nobel mukofoti laureati Jennifer Daudnaning faoliyati, tadqiqotlari haqida hikoya qilar ekan, shu bahonada gen muhandisligi vujudga kelishi jarayonidagi murakkabliklar, axloqiy masalalar, olimlar oʻrtasidagi raqobatlar, ilmiy kashfiyot va ixtirolar qanday qilinishini oʻquvchiga qiziqarli shaklda soʻzlab beradi. Leonardo da Vinchi va Stiv Jobsning muallifi Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Daudna va uning hamkasblari kasalliklarni davolash, viruslardan himoya qilish va sogʻlomroq chaqaloqlarga ega boʻlish imkonini beradigan inqilobni qanday boshlagani haqidagi jozibali hikoyasi bilan qaytdi.

