Kobo Abening "Yashik-odam" asari zamonaviy insonning begona- lashuvi, shaxsiyatning yemirilishi va jamiyatdan ixtiyoriy chekinishi muammolarini ramziy-falsafiy yo'sinda yoritadi. "Quti" obrazida in- son o'zini tashqi olamdan ajratib, erkinlik va yolg'izlik orasida qoladi; "yashik-odam" esa begonalikning yanada g'ayritabiiy, absurd shaklini ifodalaydi. Asar inson "men"ining chegaralari, ijtimoiy niqob va ichki bo'shliq haqida o'tkir savollar qo'yadi.
Asarning asosiy g'oyasi ziddiyatlarni ko'rsatish orqali jamiyatning inson shaxsiga dushmanligini badiiy tadqiq etishdan iborat. Roman- dagi yetakchi g'oyalardan yana biri insonni yolg'izlik va mahdudlikdan go'zal hayotgina qutqarishi mumkinligini ko'rsatishdir. Kitob o'quvchi- ni ekzistensial tafakkur, zamonaviy ong inqirozi va o'zlikni anglash ma- salasida chuqur mulohazaga undaydi.
ISBN : 9789910601408
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 207
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Yangi Asr Avlodi
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Kobo Abe

