Ha! Siz haqiqatan ham istagan narsangizni qo‘lga kiritishingiz, yaratishingiz va erishishingiz mumkin!
Toni Robbins buni o‘z hayotiy misoli bilan isbotlagan — u ongining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu kitob esa siz ham buni qanday amalga oshirishingiz mumkinligini tushuntirib beradi. Siz shuni anglaysizki, barcha orzularingiz nafaqat amalga oshishi mumkin, balki albatta ro‘yobga chiqishi kerak!
Buning uchun siz:
• qo‘rquv, shubha va stereotiplardan xalos bo‘lishingiz;
• energiya va ishtiyoq bilan to‘lishingiz;
• hayotga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishingiz;
• o‘tmishdagi xatolardan saboq olishingiz;
• miyangizni qayta dasturlashingiz;
• boylik va baxtning 5 ta kalitini qo‘lga kiritishingiz;
• muvaffaqiyat formulasini yodlab, uni amalda qo‘llashni o‘rganishingiz kerak.

