Duo — inson bilan Alloh o‘rtasidagi eng ulug‘ ibodatlardan biridir. Duo qilish insonning fitratiga xos bo‘lib, og‘ir damlarda hech kim o‘rgatmasa ham, u qalban Allohga yuzlanadi. Inson hayot sinovlari qarshisida ojiz qolganida, duodan boshqa haqiqiy madad topa olmaydi. Aynan shu sababli Alloh taolo musulmonlarga duo qilishni amr etgan.

