Taniqli fransuz olimi Lyusyen Keren va o‘zbekistonlik huquqshunos Akmal Saidov hammualliflikda Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixining fransuz sharqshunoslik maktabi tomonidan o‘rganilishiga bag‘ishlab yozgan mazkur kitobning birinchi nashri chiqqaniga yigirma yil bo‘ldi. O‘tgan davrda har ikki muallifning ayni mavzudagi tadqiqotlari ko‘lami bir-biridan qiziqarli maʼlumotlar hisobiga izchil kengaydi. Kitobning navbatdagi nashri ana shu yangi ilmiy-ijodiy izlanishlar natijalari bilan to‘ldirilgan
A. Saidov va L. Kerenning «Amir Temur va Fransiya» kitobi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi hamda buyuk davlat arbobi, muzaffar sarkarda, mohir diplomat va bunyodkor zot, fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yillik to‘yiga tuhfadir.

