• Turi: Gaz boshqaruv bloki (ECU)
• Model: KME Nevo-Sky Direct Model 2
• Silindrlar soni: 4 ta
• Dvigatel turi: DI (to‘g‘ridan-to‘g‘ri purkash)
• Yoqilg‘i turi: LPG / CNG
• OBD xatolarini avtomatik o‘chirish: Bor
KME Nevo-Sky Direct Model 2 — to‘g‘ridan-to‘g‘ri purkashli 4 silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan zamonaviy gaz boshqaruv tizimi. Qurilma avtomobilni benzin rejimidan gaz rejimiga aniq va xavfsiz o‘tkazishga yordam beradi, shu bilan yonilg‘i xarajatlarini kamaytiradi va tizimning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Ushbu model LPG va CNG bilan ishlaydi hamda gaz purkash jarayonini yuqori aniqlik bilan boshqaradi. OBD monitoring, avtomatik xatoliklarni tiklash, gaz форсункalarini qizdirish, benzin bosimi emulyatori va 3D korreksiya xaritalari kabi funksiyalar tufayli tizim zamonaviy dvigatellarda samarali ishlaydi.
KME Nevo-Sky Direct’ning muhim afzalligi — avtomobilning zavod parametrlariga yaqin ishlashni saqlab qolishidir. Bu ayniqsa DI dvigatellar uchun juda muhim bo‘lib, tizim nozik sozlash va optimal boshqaruv imkonini beradi.

