Darslik klinik farmatsiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, umumiy va xususiy qismlarga bo‘lingan. Umumiy qismda klinik farmatsiyaning vazifalari va tamoyillari, dori vositalarini yuborish yo‘llari, ularning so‘rilishi, taqsimlanishi, biokimyoviy o‘zgarishlari va organizmdan chiqarilishi ko‘rib chiqiladi. Xususiy qismda keng tarqalgan kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, patogenezi va farmakoterapiyasi ko‘rib chiqiladi. Nashr, birinchi navbatda, farmatsevtika institutlari talabalari uchun mo‘ljallangan, shuningdek, tibbiyot institutlari va kollejlari talabalari hamda klinik farmatsiyani o‘rganayotgan mutaxassislar tomonidan ham foydalanilishi mumkin.

