KLINIK ELEKTROKARDIOGRAFIYA
O‘quv qo‘llanma
Mualliflar: Mo‘minov I.A., Ergasheva Z.A.
🏢 Andijon: «JAHONA NASHR» nashriyoti, 2025
📘 A5 format | 344 bet | Oqartirilgan qog‘oz | Rangli | Qattiq muqova
🫀 EKGni o‘rganish endi yanada oson va tushunarli!
Ushbu o‘quv qo‘llanma elektrokardiografiyani bosqichma-bosqich, sodda va aniq uslubda o‘rgatishga mo‘ljallangan. Kitob oddiy tushunchalarni yanada ravshan, murakkab mavzularni esa ixcham va mantiqiy tarzda bayon qiladi.
Asarda EKGni o‘qish va tahlil qilishning nazariy asoslari bilan bir qatorda, haqiqiy klinik vaziyatlarga asoslangan amaliy misollar ham keng yoritilgan. Bu esa bilimni amaliy ko‘nikmaga aylantirishga yordam beradi. 📊
🔬 Kitobda:
✔️ Zamonaviy va yangilangan ma’lumotlar
✔️ Qisqa, lo‘nda va tizimli tushuntirishlar
✔️ Rangli tasvir va EKG namunalar
✔️ Klinik kontekstda muhokama qilingan holatlar
✔️ Tez va to‘g‘ri EKG o‘qish bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar
Mazkur qo‘llanma EKGni birinchi marta o‘rganayotgan talabalar uchun ham, bilimini mustahkamlashni istagan shifokor va amaliyotchilar uchun ham foydali manbadir.
🎯 Maqsad — EKGni tez, to‘g‘ri va ishonch bilan talqin qilishni o‘rgatish.


