Kitob haqida
Kitobga Polin Beynsning rasmlari bilan dunyoga mashhur "Narniya yilnomalari" siklining barcha yetti qissasi kiritilgan. Bir oilaning uch avlodi navbatma-navbat britaniyalik yozuvchi Klayv Steyplz Lyuis tomonidan yaratilgan ajoyib, sehrli dunyo - Narniyaga tushib qoladi. Bu dunyoda doimo ezgulik g‘alaba qozonadi. Ushbu buyuk g‘alaba yo‘lida qahramonlarning har biri bir necha bor haqiqat va yolg‘on, sadoqat va xoinlik, hayot va o‘lim o‘rtasida og‘ir tanlov qilishga majbur bo‘ladi. Ammo oxir-oqibat ayon bo‘ladiki, "Ba’zi sayohatlar bizni uyimizdan olislarga yetaklaydi. Ba’zi sarguzashtlar esa taqdirimizga yetaklaydi".

