Klassik guash — qog‘oz, karton va boshqa yuzalarda rasm chizish uchun mo‘ljallangan universal bo‘yoqdir. To‘plam tarkibida 6 ta to‘yingan rang mavjud bo‘lib, ular bir-biri bilan oson aralashadi va yangi ranglar hosil qilish imkonini beradi.
Bo‘yoq quyuq tuzilishga ega, yuzaga bir tekis surtaladi va tez quriydi. Quriganidan so‘ng yorqin, mat effekt hosil qiladi.
Bankachalar mahkam yopiladigan qopqoqqa ega bo‘lib, bo‘yoqning qurib qolishini oldini oladi. Ushbu to‘plam maktab darslari, to‘garaklar va uy sharoitida ijod qilish uchun juda qulay.
Afzalliklari:
• 6 ta yorqin rang
• Oson aralashadi
• Tez quriydi
• Bolalar va kattalar uchun mos
• Qulay qadoq

