• Inersion mexanizm (orqaga tortib yuradi)
• Eshiklari yukxona kapot ochiladi
• Old g‘ildiraklar buriladi
• Chiroqlar yonadi
• Metall korpus + sifatli plastik
• Yuqori darajadagi detalizatsiya
Klassik Avtomobil Modeli — retro uslubdagi haqiqiy avtomobillar dizaynidan ilhomlangan 1:22 masshtabdagi metall o‘yinchoq mashina Yuqori aniqlik bilan ishlab chiqilgan bu model nafaqat o‘yin uchun, balki kolleksiya va sovg‘a sifatida ham juda mos keladi.
O‘yinchoq inersion mexanizm bilan jihozlangan bo‘lib, mashinani orqaga tortib qo‘yib yuborish orqali oldinga harakatlantirish mumkin. Eshiklari ochiladi, old g‘ildiraklari buriladi, bu esa o‘yinni yanada qiziqarli va real qiladi. Mashinada yoritish chiroqlari hamda realistik tovush effektlari mavjud bo‘lib, haqiqiy avtomobil hissini beradi.
Korpus mustahkam metalldan, ayrim detallari esa sifatli plastikdan tayyorlangan. Rezina g‘ildiraklar silliq harakatlanishni ta’minlaydi va uzoq muddat foydalanish uchun mos. Dvigatel bo‘limi va salon detallari yuqori darajada ishlangan.

