Tukchalarni (katishkalarni) olib tashlash uchun mashinka jun, kashmir va boshqa materiallardan tikilgan kiyimlarni tez va samarali tozalaydi.
Qalinligi 0,35 mm bo‘lgan to‘rli qoplama bosh qismidagi o‘tkir pichoqlarning matoga maksimal darajada yaqinlashishini ta’minlaydi, shu bilan birga tozalash jarayonida matoga zarar yetkazmaydi. Manfiy bosimli ventilyator ajralib chiqqan tukchalarni mukammal tarzda ichiga tortadi. Yarim shaffof tukcha yig‘ish konteyneri uning to‘lish darajasini kuzatish va o‘z vaqtida bo‘shatish imkonini beradi.
Mashinka ixcham va yengil, shu sababli uni dam olishga yoki xizmat safariga olib yurish qulay. Yukingizda ko‘p joy egallamaydi.
Kiyimni stolga yoki boshqa tekis yuzaga yoyib qo‘ying. Tukchalar bor joylarda mashinkaning to‘rli qismini yuqoriga va pastga ehtiyotkorlik bilan yurgizing. Tugunchalar yo‘qligiga e’tibor bering. Kiyim tozalangandan so‘ng, mashinkani to‘r qismida qolgan jun qoldiqlaridan tozalang va chiqindi yig‘ish konteynerini bo‘shating.
Mashinka 2 dona AA turidagi batareyada ishlaydi.