"Maktab kutubxonasi" turkumidagi "Kitobim-oftobim" kitobi 1-4-sinf bolalariga mo‘ljallangan (har bir sinfda 4 tadan kitob).
Har bir kitob keng qamrovli asarlar to‘plami bo‘lib, unga taniqli bolalar yozuvchi va shoirlari, shuningdek, maktab dasturiga kiritilmagan yosh rassomlarning qiziqarli asarlari kiritilgan.
Kitobda jamlangan asarlardan o‘quvchilar mustaqil ta’lim olishda, ota-onalar esa bolalar bilan ishlashda, ularning bilimini oshirishda, dunyoqarashini kengaytirishda, ko‘proq badiiy asarlar o‘qishga undashda foydalanishlari mumkin.

