"Maktab kutubxonasi" turkumidagi "Mening kitobim - mening quyoshim" darsdan tashqari o‘qish kitobi 1-4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan (Har bir sinf alohida, jami 4 ta kitob).
Har bir kitob antologik xarakterdagi asarlar to‘plami bo‘lib, unda taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan bir qatorda yosh ijodkorlarning maktab dasturiga kiritilmagan qiziqarli asarlari jamlangan.
Kitobda jamlangan asarlardan o‘quvchilar mustaqil mutolaa qilishlari, ota-onalar esa bolalar bilan ishlash, ularning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va ko‘proq badiiy asar o‘qishga yo‘naltirishda foydalanishlari mumkin.

