Otasining istagi bilan huquqshunoslik fakultetiga o'qishga kirgan Jan vaqt o'tib, universitetni a'lo baholarga tamomlaydi. Faqat necha yillardan beri xayolining bir burchagini band qilgan "kitob do'koni ochish" niyati advokat bo'lish istagidan ustun keladi. Falakning gardishi kun kelib uni "Istiqlol" ko'chasida joylashgan o'ta hashamatli kitob do koni sohibiga aylantiradi. Kitoblarga to'la bu xazina makoni Janning butun dunyosini asta-sekinlik bilan o'zgartira boshlaydi. Hayotidagi tayinsiz ishq-muhabbat, odatiy kun kechirishlar endi uning ruhiy olamiga xursandchilik va baxt keltirmay qo'yadi. Huzursizlik qamrab olgan olamida unga yordam qo'lini uzatgan Usmon bey Janning yashash tarzi va ichki dunyosi o'zgarishida muhim ro'l o'ynaydi.
Tilsirga to'la bu hayot, umri davomida unga ochilgan turli-tuman eshiklar va yashash uchun intilgan yangi bir dunyoqarash... Xayollarining ortidan chopgan Jan sizning olamingizda ham yangi debochalar yaratadi...

